Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Bo‘lajak mavsum Simeone uchun «Atletiko»dagi oxirgisi bo‘lishi mumkin

Bo‘lajak mavsum Simeone uchun «Atletiko»dagi oxirgisi bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyada yana Diyego Simeonening shartnomasi yakunlanganidan keyin Madridning «Atletiko» klubidan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar avj olmoqda.

Argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. Diario AS nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlarning o‘zaro hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimoli juda yuqori — bunday vaziyatda bo‘lajak mavsum mutaxassis uchun «matraschilar» boshqaruvidagi oxirgisi bo‘ladi. Vaziyatga mavsum davomida yanada aniqlik kiritiladi.

Diyego Simeone 2011 yilning dekabr oyidan buyon «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda. Ortda qolgan mavsumda poytaxt jamoasi La Liga turnir jadvalida «Barselona», Madridning «Real» va «Vilyarreal» klublarini o‘zidan oldinga o‘tkazib yuborib, to‘rtinchi o‘rinda marraga yetdi.

Kiritildi: 13:44, 05.07.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик