Manbaning yozishicha, «Manchester Yunayted» «Yuventus» xavbeki Kefren Tyuramning transferi imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, futbolchiga APLning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Tyuramning «Yuventus» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt yarim himoyachining qiymatini 38 million yevroga baholamoqda.
Kefren Tyuram «Yuventus» tarkibida jami 96 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda xavbek to‘qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













