Paragvay terma jamoasi bosh murabbiyi Gustavo Alfaro JCH-2026 ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Fransiyaga qarshi o‘yinda (0:1) raqib foydasiga belgilangan penalti haqida o‘z fikrini bildirdi.
Uchrashuvning 65-daqiqasida Yevropa jamoasi vingeri Dezire Due raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va u yerda Diyego Gomes Amarilya tomonidan yiqitildi. Bahs bosh hakami Ilgiz Tantashev dastlab qoida buzilishini qayd etmadi, biroq keyinroq videoassistentlarning (VAR) tavsiyasiga ko‘ra monitorda vaziyat takrorini tomosha qildi va 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi.
«Men bu vaziyatni VAR monitorida ko‘rib chiqishayotgan paytda kuzatdim. Hakamning orqasida turgan edim, shu sababli bu borada butkul xolis fikr bildira olmayman.
Arbitrda dastlabki taassurot shakllanib ulgurgandi. U o‘yinchi [Due] kontaktni ataylab yuzaga keltirish (provokasiya qilish) maqsadida o‘zini chim ustiga tashladi, deb hisobladi. Keyin esa VAR tizimidagilar bu vaziyat penalti ekanligini tasdiqlashdi.
Men bu epizodni hali batafsil o‘rganib chiqaman. Ammo o‘yinning o‘ziga qaraydigan bo‘lsak: albatta, ushbu futbolchi maydonda xuddi havoda uchgandek harakat qiladi, u juda texnik mahoratga ega va tor hududda qanday harakat qilishni yaxshi biladi», — dedi Alfaro.













