Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Luis Enrike "Al-Ahli"ga o‘tishi mumkin

Luis Enrike "Al-Ahli"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Al-Ahli» bosh murabbiyi Mattias Yayssle «Zenit» klubining qanot hujumchisi Luis Enrike xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubida 25 yoshli vinger nomzodi bir oydan beri muhokama qilinmoqda. Bu haqda jurnalist Mohammed Doki o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Al-Ahli» Enrikeni «Zenit»dan sotib olish uchun 45 million yevro ajratishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi «ko‘k-oq-moviylar» (piterliklar) safida 2025 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Ortda qolgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 24 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:39, 05.07.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик