Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Everton» Tayrik Jorj transferini kelishib oldi

«Everton» Tayrik Jorj transferini kelishib oldi

Baho:
+2 | -

«Everton» klubi «Chelsi» bilan vinger Tayrik Jorjning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. BBC nashrining xabar berishicha, bonuslarni hisobga olgan holda shartnoma qiymati 35,1 million yevroga yetishi mumkin.

20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «irislar» tarkibida o‘tkazgan edi va o‘shanda shartnomaga 29,25 million yevrolik sotib olish huquqi kiritilgandi. Endilikda klublar shartlarni qayta ko‘rib chiqishdi: kafolatlangan qat’iy summa taxminan 28,1 million yevroni tashkil etadi, yana 7 million yevro esa futbolchining ko‘rsatadigan natijalari va o‘yinlar soniga qarab bonuslar sifatida to‘lanadi. Shuningdek, «Chelsi» futbolchining keyingi sotuvidan 15% ulush oladigan bo‘ldi.

Avvalroq angliyalik ushbu futbolchi «RB Leypsig»ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turgan edi. Bir yil oldin esa uning 25 million yevro evaziga «Fulxem»ga o‘tishi so‘nggi pallada buzilgan edi.

Kiritildi: 16:43, 05.07.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик