Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi, deb xabar bermoqda Jutarnji List nashri.
59 yoshli mutaxassisning shartnomasi o‘z yakuniga yetdi. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiy JCH-2026 start olishidan avvalroq Birlashgan Arab Amirliklaridan mavsumiga 5 million yevrolik taklifni qabul qilib bo‘lgan. Kelasi haftada Dalich terma jamoadan ketishini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) uning vorisi sifatida Slaven Bilich nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bilich avval ham — 2006 yildan 2012 yilgacha milliy terma jamoani boshqargan, shundan so‘ng «Lokomotiv» (Moskva) klubiga o‘tib, u yerda bir mavsum faoliyat yuritgan edi.
Uning nomzodi JCH-2026 ning 1/16 finalida Xorvatiya Portugaliyadan mag‘lubiyatga uchragach (1:2), HNS ichida muhokama qilingan. Xabarlarga ko‘ra, Bilich terma jamoaga qaytishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasini 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2018 da kumush, JCH-2022 da esa bronza medalllarini qo‘lga kiritgan.













