Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Jahon chempionati-2026 ning 1/16 finali doirasidagi Avstriyaga qarshi uchrashuvda (3:0) ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga javoban boshiga «Yamal Egosi» (Ego de Yamal) deb yozilgan bog‘lagich taqib tushdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar Yamalni katta xudbinlikda (manmanlikda) ayblab, uni mazaxomuz tarzda «Lamin Egosi» deb atashgan. Ushbu laqab bir necha hafta davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarda keng tarqalib ulgurgan edi.
Avstriyaga qarshi bahsda 18 yoshli vinger maydonda 85 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlar (gol yoki pas) amalga oshirmadi. Shunga qaramay, uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Yamal o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













