Turkiya terma jamoasi himoyachisi Zeki Chelik «Roma» bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirish shartlarini kelishib bo‘lishgan. Bundan so‘ng «jallarossi» («bo‘rilar») hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib boradi.
Zeki Chelik «Bursaspor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avvalroq futbolchi «Istanbulspor», «Lill» va bir qator boshqa jamoalarda to‘p surgan. Bundan tashqari, u Turkiya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining ayni paytdagi bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi.













