Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Nyukasl» Bundesligadan hujumchi sotib oldi

«Nyukasl» Bundesligadan hujumchi sotib oldi

Baho:
+ | -

Qanot hujumchisi Bazumana Ture «Nyukasl» a’zosiga aylandi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot ingliz klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.

20 yoshli vinger Germaniyaning «Xoffenxaym» klubidan sotib olindi. Mish-mishlarga ko‘ra, transfer summasi 50 million yevroni tashkil etgan. «Qarg‘alar» mehnat shartnomasining aniq muddati haqida ma’lum qilishmadi, biroq klub bayonotida shartnoma uzoq muddatli xarakterga ega ekanligi aytilgan.

Ivuarlik (Kot-d'Ivuar) futbolchi Germaniyada 2025 yilning fevral oyidan buyon to‘p surib kelayotgan edi. «Xoffenxaym» tarkibida Ture 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 21 avgust kuni start oladi.

Kiritildi: 22:54, 05.07.2026.
O'qildi: 1066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик