Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Mbappe, Messi va Xoland mundiallarning 68 yillik natijasini yangilashdi

Mbappe, Messi va Xoland mundiallarning 68 yillik natijasini yangilashdi

Baho:
+ | -

Hujumchilar Kilian Mbappe (Fransiya terma jamoasi), Lionel Messi (Argentina) va Erling Xoland (Norvegiya) Jahon chempionati–2026 boshidan buyon raqiblar darvozasiga yettitadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mbappe, Messi va Xoland JCH-2026 to‘purarlar poygasida 1-3-o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi.

Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta bir turnirning o‘zida uch nafar futbolchi kamida yettitadan gol kiritdi.

Bunga qadar ikkita turnirda uch nafardan futbolchi oltitadan gol urishga erishgan edi. JCH-1954da bu natijani vengriyalik Shandor Kochish (11 ta gol), shveysariyalik Yozef Xyugi, germaniyalik Maks Morlok va avstriyalik Erix Probst (hammasi — oltitadan) qayd etgan bo‘lsa, JCH-1958da fransiyalik Jyust Fonten (13 ta), braziliyalik Pele va germaniyalik Xelmut Ran (ikkalasi ham — oltitadan) shunday ko‘rsatkichga erishgan.

Kiritildi: 11:01, 06.07.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик