Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Keyn Angliya — Meksika uchrashuvida noyob «yutuq» qayd etdi

Keyn Angliya — Meksika uchrashuvida noyob «yutuq» qayd etdi

Baho:
+ | -

Angliya va Meksika terma jamoalari JCH-2026 1/8 finali doirasida voqealarga boy uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida Xarri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, inglizlarning ustunligini mustahkamladi — 3:1. Ko‘p o‘tmay, «Uch sherlar» sardori maydonda salbiy qahramonga aylandi: aynan u o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatib, meksikaliklarga hisobdagi farqni qisqartirish imkonini berdi — Raul Ximenes nuqtadan adashmadi (3:2).

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, JCH tarixida statistika yig‘ila boshlangan davrdan (1966 yildan) buyon ilk bor bitta o‘yinchi bir uchrashuvning o‘zida ham raqib darvozasiga penalti urgan, ham o‘z darvozasiga penalti «olib kelgan» holat kuzatildi.

Bundan ham avvalroq, 54-daqiqada Angliya Jarell Kuansaning chetlatilishi sababli bir kishi kam bo‘lib qolgan edi.

Kiritildi: 12:52, 06.07.2026.
O'qildi: 458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик