Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kasado «Barselona»dagi kelajagi haqida ochiqchasiga gapirdi

Kasado «Barselona»dagi kelajagi haqida ochiqchasiga gapirdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Mark Kasado o‘zini sotib yuborishmoqchi ekanligi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Kasado yakuniy qaror klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan suhbatdan so‘ng qabul qilinishini ta’kidladi.

«Klub meni sotmoqchi ekanligi haqidagi xabarlar qayerdan paydo bo‘layotganini bilmayman. Menga bu haqda hech kim hech narsa demadi, agentim ham bunga o‘xshash gapni aytgani yo‘q. Men murabbiy, klub va agentlarim bilan gaplashib olaman, keyin esa barcha uchun eng to‘g‘ri bo‘lgan qarorga kelamiz», — dedi Kasado.

OAV tomonidan berilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Mark Kasadoning xizmatlariga Saudiya Arabistonining top-klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni «Al-Hilol» klubi istamoqda.

Kiritildi: 16:59, 06.07.2026.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик