Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Martines Lamin Yamal va Ronalduni taqqosladi

Martines Lamin Yamal va Ronalduni taqqosladi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalni portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu bilan solishtirish mumkinmi yo‘qmi, degan savolga javob berdi. Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari bugun, 6 iyul kuni Jahon chempionatining 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

«Ular mutlaqo boshqa-boshqa futbolchilar. Lamin Yamal — bosimni yengib o‘tish va o‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratishga qodirligini isbotlagan juda yosh o‘yinchi. Krishtianu Ronaldu esa — kult darajasidagi shaxs, u har xil pozisiyalarga moslasha oladi va uchrashuv taqdirini hal qiluvchi futbolchiga aylanishi mumkin», — deya Martinesning so‘zlarini keltiradi «Mundo Deportivo» nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Portugaliya terma jamoasi 1/16 finalda Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 17:14, 06.07.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик