Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

FIFA Balogunning diskvalifikasiyasini mustaqil ravishda bekor qilganini ta’kidlamoqda — Politico

FIFA Balogunning diskvalifikasiyasini mustaqil ravishda bekor qilganini ta’kidlamoqda — Politico

Baho:
+ | -3

FIFA tashkiloti Jahon chempionati — 2026 doirasida AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasini bekor qilish haqidagi qaror mustaqil komissiya tomonidan qabul qilinganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni AQSH va Bosniya va Gersegovina o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvi yakunlanishi bilan, Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchisi Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq qilgan va Balogunning chetlatilishiga qanday asoslar borligi bilan qiziqqan. Xalqaro tashkilot rahbari «e’tibor bilan tinglagan, biroq ijobiy natija borasida va’da bermagan».

Qayd etilishicha, FIFA Trampning qo‘ng‘irog‘i atrofidagi muhokamalarga izoh bermagan, biroq diskvalifikasiyani to‘xtatib turish qarori 18 kishidan iborat mustaqil intizom qo‘mitasi tomonidan qabul qilinganini alohida urg‘ulagan. Bundan tashqari, tashkilot avvalgi barcha holatlardan farqli o‘laroq, bu safar yig‘ilish yakunlari bo‘yicha rasmiy hisobotni e’lon qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Balogun JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi, biroq FIFA kutilmaganda majburiy diskvalifikasiyani bir yillik shartli jazoga o‘zgartirdi. Buning evaziga, AQSH terma jamoasining joriy dunyo birinchiligidagi eng yaxshi to‘purari 1/8 final doirasida Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo‘ldi. Ushbu uchrashuv 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da start oladi.

Kiritildi: 17:23, 06.07.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик