Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Rodrigo: «Bu sinovlar meni yanada kuchli qiladi»

Rodrigo: «Bu sinovlar meni yanada kuchli qiladi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo Goes o‘z tiklanish jarayoni qanday kechayotgani haqida gapirib berdi. Mart oyida futbolchi o‘ng oyoq oldingi xochsimon payi va tashqi meniski yirtilishi sababli muvaffaqiyatli operasiya qilingan edi. Avvalroq uning safga qaytadigan muddati 10 oyni tashkil qilishi xabar berilgandi.

«Ahvolim yaxshi. To‘g‘risini aytsam, ishlar juda a’lo darajada ketmoqda. Men o‘sishimdan qoniqyapman; kundan-kunga o‘zimni yaxshiroq his qilyapman. Bu juda katta sabr talab qiladigan jarayondir. Shunday kunlar bo‘ladiki, uyg‘onganimda kayfiyatim u qadar yaxshi bo‘lmaydi, ammo shunday kunlar ham bo‘ladiki, hammasi zo‘r — xuddi hozir yugurib, maydonga tushib, o‘ynab keta oladigandek tuyuladi... Sabrli bo‘lish kerak, lekin mening ahvolim yaxshi, men baxtliman.

Bu uch yarim oy ichida ko‘p narsani boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi: juda yaxshi kunlar ham bo‘ldi, qattiq og‘riq his qilgan juda yomon kunlar ham. Bu juda og‘ir bo‘ldi, hayotimdagi eng qiyin sinov. Shunday kunlar bo‘ldiki, uyg‘onganimda kuchim qolmagandi, ba’zi kunlarda esa kuchga to‘lib-toshardim. Men ushbu sinovlarning barchasidan o‘tdim va bilamanki, qaytadan maydonga tushish imkoniyati paydo bo‘lganida, ular meni yanada kuchli qiladi», — deya Rodrigoning so‘zlarini «AS» nashri keltiradi.

Kiritildi: 17:24, 06.07.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик