36 yoshli himoyachi Deyli Blind katta ehtimol bilan Amsterdamning «Ayaks» klubiga qaytadi.
Niderlandiyalik tajribali futbolchi kelasi haftaning boshida erkin agent maqomida «Ayaks» tarkibiga borib qo‘shiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Kutilishicha, Blind jamoa bosh murabbiyi Michel Sanchesga yordam beradi. Futbolchi bundan oldin «Jirona» klubida aynan ushbu mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan edi.
Deyli Blind «Ayaks» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kattalar darajasida (asosiy jamoada) 2008 yildan 2014 yilgacha hamda 2018 yildan 2023 yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan. Tajribali himoyachi Amsterdam klubi safida jami 333 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Blind «Ayaks» bilan birgalikda yetti bor Niderlandiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogida ikki martadan zafar quchgan.













