Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilingani sababli Belgiya CAS’ga murojaat qilishi mumkin

Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilingani sababli Belgiya CAS’ga murojaat qilishi mumkin

Baho:
+4 | -

Belgiya qirollik futbol assosiasiyasi AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi qoldirilgani yuzasidan Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkin.

Balogun JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda (2:0) Tarik Muharemovichning to‘pig‘ini bosib yuborgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik, futbolchining bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi. Buning natijasida hujumchi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoga ikki marta — Balogun maydondan chetlatilganidan so‘ng va diskvalifikasiya to‘xtatib turilganidan keyin qo‘ng‘iroq qilgan.

Belgiya qirollik futbol assosiasiyasi FIFAning ushbu qaroridan «shoka tushganini» va «keyingi harakatlar uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni» o‘rganayotganini ma’lum qildi.

«The Telegraph» nashrining yozishicha, Belgiya sudga da’vo arizasi kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda va ish jarayonini Sport arbitraj sudiga (CAS) oshirishi mumkin.

Kiritildi: 18:59, 06.07.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик