Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Xendersonga operasiya kerak

Xendersonga operasiya kerak

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Jahon chempionatida kutilmagan va g‘alati jarohat oldi. Nimchorak finalda Meksika ustidan qozonilgan g‘alabani (3:2) nishonlash vaqtida, Xenderson reklama to‘sig‘idan sakrab o‘tayotib, ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib tushgan. Natijada u bilagini shikastlab oldi. Jordanni maydondan zambilda olib chiqib ketishdi, hatto unga kislorod maskasi ham taqishga to‘g‘ri keldi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, ushbu jarohatdan so‘ng Xenderson jarrohat amaliyotini o‘tkazishi kerak. Katta ehtimol bilan, Jordan joriy mundialda boshqa maydonga tusha olmaydi.

JCH-2026 doirasida Jordan Xenderson maydonda bor-yo‘g‘i olti daqiqa harakat qildi xolos — bu Panamaga qarshi bahsda yuz bergandi. Qolgan barcha vaqtni 36 yoshli yarim himoyachi zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Kiritildi: 19:14, 06.07.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик