Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Grilish «Manchester Siti»da qolishi mumkinligini inkor etmayapti

Grilish «Manchester Siti»da qolishi mumkinligini inkor etmayapti

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish keyingi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi borasida hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q, deb yozadi tribalfootball.

Yarim himoyachi «Everton»da muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonadi va klubning rivojlanish yo‘lidan ruhlangan. Ammo agar u «Siti» o‘yiniga haqiqatdan ham foyda keltira olishiga ko‘zi yetsa, yana Manchester klubida o‘ynash istagi ustun kelishi mumkin.

Angliya terma jamoasi a’zosiga yaqin bo‘lgan manbalarning ta’kidlashicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Grilish «Siti» futbolchilari mavsum oldi mashg‘ulotlariga qaytganidan so‘ng Enso Mareska bilan yana muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

«Aston Villa»ning sobiq a’zosi o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin yangi bosh murabbiyning rejalaridan qay darajada joy olishini aniq bilib olmoqchi.

«Everton» esa o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘z safida o‘tkazgan Grilishni to‘liq sotib olish umidini hali uzgani yo‘q.

Kiritildi: 09:15, 07.07.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик