Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Germaniyada Klopp bo‘yicha bayonot berildi

Germaniyada Klopp bo‘yicha bayonot berildi

Baho:
+ | -

Germaniya futbol ittifoqi vise-prezidenti Xans-Yoaxim Vaske Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga ehtimoliy tayinlanishi haqida fikr bildirdi.

«Kelishuv hali yakuniga yetgani yo‘q. Hali ham to‘siqlar mavjud, masalan, Kloppning «Red Bull» bilan amaldagi shartnomasi shular jumlasidandir. Hozircha shartnoma imzolanish imkoniyatini 50 foizdan sal yuqoriroq deb baholayapman. Klopp ayni damda bizning bosh maqsadimiz hisoblanadi. Ammo bizning ham o‘z moliyaviy chegaralarimiz bor. Yurgen bizga chegirma qilib beradi, deb umid qilamiz, axir u Germaniyani juda yaxshi ko‘radi», — deya Vaskening so‘zlarini keltiradi ZDF.de.

Germaniya terma jamoasi JCH-2026 da muvaffaqiyatsizlikka uchrab, pley-offning ilk bosqichidayoq Paragvaydan mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Ushbu natijadan so‘ng bosh murabbiy Yulian Nagelsmann o‘z lavozimini tark etdi.

Kiritildi: 10:46, 07.07.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик