Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Arsenal» transfer narxi 105 million yevro bo‘lgan hujumchini orzu qilmoqda

«Arsenal» transfer narxi 105 million yevro bo‘lgan hujumchini orzu qilmoqda

Baho:
+ | -

«Bornmut»ning 20 yoshli hujumchisi Eli Junior Krupi Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Daily Mail Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «kanonirlar» Krupining o‘yiniga qoyil qolishmoqda, biroq bu transfer juda qimmatga tushadi. «Olchalar» o‘z to‘purarini jamoada olib qolmoqchi, shu sababli 105 million yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emaslar.

Bundan tashqari, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning istaklar ro‘yxatida «Atletiko» forvardi Xulian Alvares ham qolmoqda, ammo uning transferi ham 100 million yevrodan kamiga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Arsenal» «Sporting»dan Viktor Dyokereshni 67 million yevro evaziga sotib olgan edi. Biroq hozircha shvesiyalik futbolchi «kanonirlar»da o‘zini to‘liq ko‘rsata olmayapti.

Kiritildi: 13:27, 07.07.2026.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик