«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi, agar Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlasa, Portugaliya terma jamoasi uchun yangi davr boshlanishi haqida fikr bildirdi.
«Krishtianusiz yangi davrning boshlanishi. Terma jamoaning boshqa futbolchilari o‘zlarini Ronalduning soyasida qolgandek his qilishardi. Agar uning barcha yutuqlariga nazar tashlasak, bu mutlaqo tabiiy hol. Endi boshqa futbolchilarning terma jamoa yulduzlariga aylanishi uchun vaqt keldi. Bu ular uchun o‘zlarini ko‘rsatishga yangi imkoniyat bo‘ladi», — deya inglizning so‘zlarini keltiradi BBC.
Portugaliya Jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 finalda yakunladi. Ronaldu va uning jamoadoshlari Ispaniya milliy terma jamoasiga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.













