Ispaniya terma jamoasi laterali Mark Kukurelya JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi. «Qizil furiya» 1:0 hisobida minimal g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz buni uddaladik. Ronalduga maydonda o‘zini qulay his qilishiga yo‘l qo‘ymadik. Shunga qaramay, u darvozamiz oldida bir nechta imkoniyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi», - deya himoyachining so‘zlarini keltiradi AS.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona golni yarim himoyachi Mikel Merino kiritdi.
Ispaniya terma jamoasi mundialning chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda Belgiya jamoasi bilan to‘qnash keladi. O‘yin juma kuni, 10 iyulga belgilangan.













