Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Pochettino: “Balogun mojarasi mag‘lubiyatimiz uchun bahona bo‘la olmaydi”

Pochettino: “Balogun mojarasi mag‘lubiyatimiz uchun bahona bo‘la olmaydi”

Baho:
+ | -

Maurisio Pochettino JCH–2026 1/8 finalida Belgiya milliy terma jamoasidan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Folarin Balogun diskvalifikasiyasi bekor qilingani atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

"Shaxsan men kimnidir haqorat qilish, salbiy izohlar yoki hatto tahdidlar yo‘llashning ma’nosini tushunmayman. Men terma jamoa bosh murabbiyiman, qoidalar esa federasiyaga futbolchini o‘yinga qo‘yish uchun murojaat qilish imkonini beradi. Mening vazifam jamoani tayyorlash edi.

Agar Balogun FIFA Intizom qo‘mitasi qarori bilan o‘ynash huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu men uchun muammo emas edi.

Ammo shaxsan meni xafa qilgani shundaki, juda ko‘p odamlar siyosat, manipulyasiya, axloq va halollik haqida gapira boshladi. Bu bizning mag‘lubiyatimizga bahona bo‘la olmaydi. Biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmaganimizni shu voqea bilan oqlash noto‘g‘ri", — dedi Pochettino.

Ma’lumot uchun, Belgiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:20, 07.07.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик