«Yuventus» Frederik Massaraning sport direktori lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi.
Turin klubida Massara erkaklar jamoalarini boshqarish va rivojlantirish, klubning sport strategiyalari va loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi.
Shu yilning may oyida Massara «Roma» sport direktori lavozimini tark etgan edi. Bundan avval 57 yoshli mutaxassis «Milan»da xuddi shunday lavozimda ishlagan.













