Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Lionel Skaloni: "JCHda yaqqol ustunlik qilayotgan jamoalar yo‘q"

Lionel Skaloni: "JCHda yaqqol ustunlik qilayotgan jamoalar yo‘q"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 1/8 final doirasidagi Misrga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida JCH-2026 darajasi haqida gapirdi.

«Bu jahon chempionati hamma uchun qiyin kechmoqda.

Hozircha haqiqatan ham yaqqol ustunlik qilayotgan birorta jamoa yo‘q. Fransiya kuchli ko‘rinmoqda, ammo ularga ham Paragvayga qarshi o‘yinda oson bo‘lmadi.

Ispaniyada ham qiyinchiliklar bor. Hech bir jamoa jahon chempionatidan oldin ko‘rsatgan sport formasini saqlab qola olmadi.

Raqiblar yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda va sharoitlar ham biz ilgari ko‘rganlarimizdan farq qiladi. Ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushgan futbolchilar buni sezishyapti.

Biz qoniqarli darajada o‘yin ko‘rsatyapmiz. To‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondik, bundan mamnun bo‘lsak bo‘ladi. Ammo hali ustida ishlaydigan jihatlarimiz bor.

Misr — yaxshi raqib. Bu juda sifatli jamoa. Ularda tajribali futbolchilar va ular bilan uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgan murabbiy bor», — dedi Lionel Skaloni.

Kiritildi: 16:08, 07.07.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик