Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Chelsi» Garnachoni qaysi shart evaziga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

«Chelsi» Garnachoni qaysi shart evaziga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi 22 yoshli vinger Alexandro Garnacho bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Football London xabar bermoqda.

Shu bilan birga, «ko‘klar» ijara variantlarini ko‘rib chiqish niyatida emasligi ta’kidlanmoqda, vaholanki Italiyaning «Roma» klubi futbolchini aynan shu yo‘l bilan o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. «Chelsi» faqat to‘liq transferga rozi va Garnachoning sotuvidan taxminan 47 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.

O‘tgan yozda «Chelsi» vingerni «Manchester Yunayted»dan 46,2 million yevro evaziga sotib olgan edi. London jamoasi tarkibida u 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:29, 07.07.2026.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик