Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Gabi Diyego Simeonening yordamchisi sifatida «Atletiko»ga qaytmoqda

Gabi Diyego Simeonening yordamchisi sifatida «Atletiko»ga qaytmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi sobiq futbolchisi Fernandes Gabi murabbiylar shtabi tarkibida jonajon klubiga qaytmoqda, deb xabar beradi Marca nashri.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mavsumdan boshlab Gabi bosh murabbiy Diyego Simeone bilan hamkorlikni davom ettiradi, ammo bu safar uning yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi. U jamoada sakkiz yillik faoliyatdan so‘ng klubni tark etayotgan Nelson Vivasning o‘rnini egallaydi.

Gabi «Atletiko» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «matraschilar» safida 2004 yildan 2007 yilgacha, so‘ngra 2011 yildan 2018 yilgacha to‘p surgan. Klubdan ketganidan keyin u Qatarning «As-Sadd» jamoasida ikki mavsum o‘ynadi va 2020 yilda futbolchilik faoliyatini o‘sha yerda yakunladi. Keyinchalik u murabbiylik faoliyatini boshlab, «Xetafe»ning yoshlar tarkibida hamda «Saragosa» tizimida ishlashga ulgurdi.

Kiritildi: 16:57, 07.07.2026.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик