Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materassi yana bir bor JCH-2006 finalini yodga oldi. O‘sha o‘yinda Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Zinedin Zidan singlisi sha’niga aytilgan haqoratlardan so‘ng italiyalik futbolchining ko‘krak qismiga boshi bilan zarba bergan edi. Uchrashuvdan keyin ular umuman gaplashishmagan.
«Men avliyo emasman, lekin Zidan ham farishta emas, chunki bu uning tomonidan sodir etilgan birinchi bunday harakat emas edi. Agar o‘yindan keyin u kelib men bilan qo‘l berib ko‘rishganida va hammasi shu bilan tugaganida, bu uning obro‘sini ko‘targan bo‘lardi. Men uni hurmat qilaman va faoliyati davomida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida erishgan barcha yutuqlari uchun tashakkur aytaman», — deya Materassining so‘zlaridan iqtibos keltiradi France Football.
JCH-2006 finali Zidan faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lgan edi — fransiyalik futbolchi jamoa sardori edi va o‘sha turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2006 yilning yozida u futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.













