Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xendersonning otasi Brayan Xenderson o‘g‘lining jarohati avval xabar qilinganidan ko‘ra jiddiyroq ekanini ma’lum qildi.
36 yoshli futbolchi JCH-2026 1/8 finalida Meksika ustidan qozonilgan g‘alabani (3:2) nishonlayotgan vaqtda jarohat olgan edi. Yarim himoyachi reklama shitlari ustidan sakrab o‘tmoqchi bo‘lgan va noqulay yiqilgan. Dastlab futbolchining bilak bo‘g‘imi shikastlangani haqida xabar berilgandi, biroq katta Xendersonning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinchining chap bilak suyagi butunlay maydalanib ketgan.
«Bu chap bilak suyagi — u shunchaki butunlay maydalanib ketgan. Unga gips qo‘yishadi, qolgani esa mutaxassislarning ko‘rsatmasiga bog‘liq bo‘ladi», — deya Daily Mail futbolchining otasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Chorshanba kuni Xenderson operasiya qilinadi. Yarim himoyachi jahon chempionati yakuniga qadar Angliya terma jamoasi ixtiyorida qolishni rejalashtirmoqda.
Angliyaliklar JCH-2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.













