Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Akliushning «PSJ»ga ehtimoliy transfer summasi ma’lum bo‘ldi

Akliushning «PSJ»ga ehtimoliy transfer summasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Monako»ning qanot hujumchisi Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishga yaqin turibdi. Avvalroq Fransiya chempioni futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.

RMC Sport nashrining ta’kidlashicha, ayni paytda klublar o‘zaro muzokara olib bormoqda. «Monako» jiddiy yon berishlar qilish niyatida emas. Kelishuv «PSJ»ga 50 million yevroga tushishi kutilmoqda.

Akliush — «Monako» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda 24 yoshli fransuz barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va o‘z hisobiga 11 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Akliushning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:19, 08.07.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик