Argentina terma jamoasi posboni Xuan Musso milliy jamoadagi sherigi – 39 yoshli hujumchi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«Nabiralarim mendan kamtarlik nima ekanligini tushuntirib berishni so‘rashsa, ularga sen haqingda ko‘p narsalarni gapirib beraman… Eng buyugi», - deb yozadi darvozabon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
JCH-2026 1/8 final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Misr termasi ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. 39 yoshli Messi ushbu bahsda bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mundialning yarim finaliga chiqish uchun «albiseleste» Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Shveysariya jamoasiga qarshi bahs olib boradi.













