Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Real»dan yarim himoyachi ketishi mumkin

«Real»dan yarim himoyachi ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri Braim Dias Italiya A Seriyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, turinning «Yuventus» klubi marokashlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinyora» Braimning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Diasning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda vinger 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 15:21, 08.07.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик