Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

«Qizilqum»dan ikki yangi transfer: Jamoa safiga tajribali legionerlar qo‘shildi

«Qizilqum»dan ikki yangi transfer: Jamoa safiga tajribali legionerlar qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Qizilqum» jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda va tarkibni ikki yangi legioner bilan boyitib oldi. Navoiyliklar hujum chizig‘ini serbiyalik tajribali hujumchi Luka Ratkovich, yarim himoyani esa o‘tgan mavsum «Dinamo»da harakat qilgan braziliyalik Duglas Maykon bilan kuchaytirdi.

Luka Ratkovich — «Qizilqum» hujumchisi

Serbiyalik 29 yoshli hujumchi faoliyati davomida 200 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 30 dan ortiq gol muallifiga aylangan. U shuningdek, Serbiya birinchi ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lishga ham muvaffaq bo‘lgan. Ratkovich klub bilan mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

Duglas Maykon «oltin izlovchilar» safiga qo‘shildi

O‘tgan mavsumni Samarqandning «Dinamo» jamoasida o‘tkazgan braziliyalik yarim himoyachi Duglas Maykon ham «Qizilqum» futbolchisiga aylandi. Tomonlar o‘rtasida mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Maykon O‘zbekiston Superligasida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va O‘zbekiston kubogida ham 3 ta o‘yinda qatnashgan.

Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:07, 08.07.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик