Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Santos» Neymarni kutmoqda

«Santos» Neymarni kutmoqda

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng klubdan bir necha kunlik ta’til oldi. Futbolchi oilasi bilan AQSHda qolmoqda va uning jamoa ixtiyoriga qaytishi hali kelishilmagan. Globo nashri xabariga ko‘ra, o‘yinchi ta’tilda kamida 10 kun bo‘lishi kutilmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Santos» 34 yoshli forvard va uning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi, biroq uchrashuv sanasi hali belgilanmagan. Klub Neymarning Braziliya terma jamoasi turnirdan chiqib ketganidan so‘ng tiklanishini kutmoqda. Bu turnir uning faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘ldi. Avvalroq futbolchining otasi ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘lini faoliyatini yakunlamaslikka chaqirgandi.

Braziliya 1/8 finalda Norvegiyaga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Neymar musobaqada ikkita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Kiritildi: 18:59, 08.07.2026.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик