"Liverpul" va "Chelsi" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Xabi Alonsoning "ko‘klar" ustozi etib tayinlanishi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Alonso juda aqlli, menimcha, u intellektual mutaxassis, uning ishga yondashuvi juda yaxshi. Men u "Real Sosyedad" zaxira jamoasini boshqarganidayoq uni kuzatib borganman, uning shu qadar yaxshi natija ko‘rsatgani kutilmagan hol bo‘lgandi, shuningdek, u "Bayer"da ham ajoyib faoliyat olib bordi.
"Real"ga o‘tganida ko‘pchilik uni murabbiylik faoliyati bo‘yicha men bilan solishtirgandi, lekin "Real" — bu mutlaqo boshqacha muhit. Bu yerda gap faqat kiyinish xonasi haqida emas, hammasi rahbariyatga bog‘liq. Menimcha, Alonso rahbariyat tomonidan o‘ziga kerakli bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashni olmadi va shu sababli, ishonamanki, "Chelsi" uning salohiyatini anglab yetmoqda. Agar ular uni qo‘llab-quvvatlashsa, o‘ylaymanki, u "Chelsi"da muvaffaqiyatga erishadi", — deya Benites so‘zlaridan iqtibos keltiradi talkSPORT.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso futbolchilik faoliyati davrida "Liverpul" safida Rafael Benites qo‘l ostida to‘p surgan.













