Lissabonning "Sporting" akademiyasi yana soatdek aniq ishlab, klubga millionlab daromad keltirishda davom etmoqda. Londonning "Chelsi" klubi 19 yoshli hujumchi Jeovani Kendaning transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi bilan sakkiz yillik shartnoma imzolandi, transfer summasi esa 50 million yevroga baholanmoqda.
Kenda Portugaliya futbolining ikki grand klubi tizimida tahsil olgan. U 2017–2019 yillarda "Benfika" akademiyasida bo‘lgan, shundan so‘ng qo‘shni "Sporting" akademiyasiga o‘tgan. 2024 yilda Jeovani Lissabon grandi safida debyut qildi va shu vaqtga qadar ushbu klub libosida jami 50 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi.
Kenda Portugaliyaning asosiy terma jamoasiga hali chaqirilmagan bo‘lsa-da, uning hisobida Portugaliyaning U17 va U21 terma jamoalarida jami bir necha o‘nlab uchrashuvlar mavjud.
Yangi mavsumdan boshlab Xabi Alonso "ko‘klar"ning bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.













