«Chelsi» matbuot xizmati yarim himoyachi Jessi Derri bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Futbolchining yangi kelishuvi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
«O‘z kelajagimni «Chelsi» kabi katta klub bilan bog‘lash — bu ushlangan orzu. Oldinda bizni nimalar kutayotganidan juda hayajondaman. Oxirgi 12 oy ichida o‘zimni klubga ilk kelgan patimdagiga qaraganda butunlay boshqacha futbolchi sifatida his qilyapman va bunda men birga ishlagan barcha murabbiylarning hissasi katta», — dedi Derri shartnoma imzolaganidan keyin.
Jessi Derri joriy yilning fevral oyida Angliya Kubogi doirasidagi «Xall Siti»ga qarshi o‘yinda «Chelsi» safida debyut qilgan edi. U APLda ilk bor 4 may kuni «Nottingem»ga qarshi bahsda «ko‘klar»ning start tarkibida maydonga tushdi. Avvalroq Derriga «Bavariya» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.













