Xorvatiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng bosh murabbiyini o‘zgartiradi. Pley-offning birinchi bosqichida «shashkalilar» Portugaliyadan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
Jutarnji list jurnalistlarining ma’lumotlariga ko‘ra, jamoaga Slaven Bilich yangi bosh murabbiy etib tayinlanadi. Tomonlar Yevro-2028 ga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolashadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Zlatko Dalich ishlab kelayotgan edi.
Bilich «shashkachililar»ni 2006 yildan 2012 yilgacha ham boshqargan. 57 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Fath» klubi bo‘lgan, u xorvatiyalik murabbiy bilan 2024 yilda xayrlashgan edi.













