Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Ferran Torres faoliyatini «Atletiko»da davom ettirishi mumkin

Ferran Torres faoliyatini «Atletiko»da davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Insayder Jerar Romeroning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi «Atletiko»ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Madrid klubi rahbariyati, xususan, Mateu Alemani futbolchining iqtidorini yuqori baholamoqda va uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. «Matraschilar» ushbu transferni jamoaning asosiy hujumchisi Xulian Alvares ketgan taqdirda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Agar Alvares Madridni tark etsa, «Atletiko» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun birinchi navbatda Torres nomzodiga e’tibor qaratadi.

Qayd etilishicha, Ferranning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralari haligacha yakuniga yetgani yo‘q. Bundan tashqari, Kataloniya klubining «Borussiya Dortmund» hujumchisi Karim Adeyemi transferi ustida ish boshlashi ham Torresning jamoadagi kelajagini so‘roq ostida qoldirmoqda. Agar Adeyemi «Barsa»ga o‘tsa, Ferranning transferga qo‘yilish ehtimoli yanada ortadi.

Kiritildi: 13:45, 09.07.2026.
O'qildi: 2049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик