«Kolorado Repids» klubining 18 yoshli markaziy himoyachisi Lukas Xerrington bir yo‘la bir nechta Yevropa top-klublarining qiziqishlar doirasiga tushdi, deya xabar bermoqda TEAMtalk nashri. Yosh futbolchining xizmatlariga «Barselona», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Kolorado Repids» rahbariyati, agar moliyaviy jihatdan manfaatli bo‘lsa, transfer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, kelishuvning bir qismi sifatida alohida band kiritilishi mumkin — unga ko‘ra, Xerrington barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun yana bir yil davomida AQSH klubida ijara asosida qoldiriladi.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Lukas Xerrington barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













