Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Uabi: «Biz allaqachon yaxshi qatnashdik degan fikr menga yoqmayapti»

Uabi: «Biz allaqachon yaxshi qatnashdik degan fikr menga yoqmayapti»

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Mohamed Uabi JCH-2026 doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi. Chorak final uchrashuvi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va bu o‘yin JCH-2022 yarim finalining takroriga aylanadi.

«Biz natijalarni faqat turnir yakunlanganidan keyin sarhisob qilamiz. Hozir hech narsa demoqchi emasman, chunki biz bundan ham ko‘prog‘iga erisha olamiz. Biz qilgan ishlarimizni allaqachon ajoyib deb aytayotgan odamlarga quloq solmoqchi emasmiz», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Murabbiy Fransiya favorit ekanligini tan oldi, biroq o‘z jamoasining maqsadlari yuqori ekanligini ta’kidladi.

«Fransiya — favorit, ammo biz g‘alaba qozonish va yarim finalga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Menga "biz allaqachon yaxshi qatnashdik, qolgani esa bonus" degan fikr yoqmaydi. Yo‘q. Jahon chempionatida g‘olib chiqish bonus bo‘ladi. Biz aynan shunday kayfiyat bilan ushbu bosqichgacha yetib keldik va yanada oldinga intilishni maqsad qilganmiz».

Fransiya va Marokash o‘rtasidagi uchrashuv Toshent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Ushbu bahs g‘olibi mundial yarim finalida Angliya — Norvegiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 15:16, 09.07.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик