«Fiorentina» yarim himoyachi Artyur Attaning transferi bo‘yicha «Udineze» bilan kelishuvga erishdi. Bitim summasi 30 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, bonuslar va keyingi sotuvdan foiz ham ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.
23 yoshli fransiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun allaqachon Florensiyaga yo‘l olgan. U «Udineze» safida ikki mavsum davomida to‘p surdi. Yakunlangan mavsumda xavbek barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Udineze» Italiya chempionati turnir jadvalini 10-o‘rinda yakunladi, «Fiorentina» esa 42 ochko bilan 15-pog‘onadan joy oldi.













