Madridning «Real» klubi va Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eden Azar Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«U menga xuddi futbol o‘ynashni boshlagan paytlarimdagi o‘zimni eslatib yubormoqda. Men ham taxminan shu yoshda edim va hamma mendan juda katta narsalarni kutardi. Ammo, yakunda, agar u maydonda faqat o‘zi uddalay oladigan darajada zavqlanib o‘ynashda davom etsa, ishonchim komilki, u ajoyib jahon chempionatini o‘tkazadi. Bu xuddi odamlar tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan toifadagi futbolchi. Futbolning asl mohiyati ham shunda — sen maydonda zavq olishing va odamlarni orzu qilishga majbur eta olishing kerak», — deya Azarning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.













