Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua milliy jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
O‘tgan haftada 34 yoshli futbolchi jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan belgiyalik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi (20 ta o‘yin). «Real» golkiperidan bundan oldin JCH-2026 dan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligiga shama qilgani haqida so‘rashdi.
«Men faqat davom ettirishdan ko‘ra, faoliyatimni yakunlash ehtimolim yuqori ekanligini aytdim va bu faqatgina jismoniy holatim bilan bog‘liq.
Shuni ta’kidlashim kerakki, jamoada juda ajoyib muhit va o‘zaro tushunish hukm surmoqda, men bu jarayondan zavq olyapman. Ushbu turnirda boshimizdan kechirgan lahzalarimiz betakrordir... Ammo yana to‘rt yil davomida xuddi shunday sur’atda davom eta olishimga ko‘zim yetmaydi», — dedi Kurtua.













