Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«RB Leypsig» fransiyalik himoyachini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«RB Leypsig» fransiyalik himoyachini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» markaziy himoyachi Maksim Estev bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi fransiyalik futbolchining o‘tishi borasida «Byornli» bilan kelishuvga erishgan. Ingliz jamoasi bonus to‘lovlarini hisobga olgan holda 32 million yevro oladi.

Estev 2024-yildan beri «Byornli» safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda 24 yoshli fransiyalik Angliya premyer-ligasi doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

Germaniya chempionatining bo‘lajak mavsumi 28-avgust kuni boshlanadi.

Kiritildi: 12:19, 11.07.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик