Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines Jahon chempionati — 2026 chorak finalidan o‘rin olgan Shveysariyaga qarshi bo‘lajak uchrashuvdan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz uchun barcha o‘yinlar og‘ir kechdi va ertaga bizni yana bir qiyin bahs kutmoqda. Shveysariya Kolumbiyadan zaif emas. Mening fikrimcha, Kolumbiya bilan o‘yinda shveysariyaliklar butun uchrashuv davomida ustunlik qilishdi. Bizni ajoyib o‘yin kutmoqda. Biz tayyormiz», — Martinesning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Jahon chempionatining 1/8 finalida Argentina terma jamoasi Misrni mag‘lub etgandi (3:2), Shveysariya esa penaltilar seriyasida Kolumbiya to‘sig‘idan o‘tgan edi (0:0, penaltilar bo‘yicha — 4:3).
Argentina — Shveysariya chorak final uchrashuvi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Hakamning o‘yin boshlanishini bildiruvchi hushtagi Toshent vaqti bilan soat 06:00da chalinadi.













