«Galatasaroy» markaziy himoyachisi Davinson Sanches «Inter» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «Inter» rahbariyati Sanches nomzodini «Chelsi» a’zosi Trevo Chalobaga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, kolumbiyalik futbolchining «neradzurrilar» lageriga ko‘chib o‘tishi Chaloba bilan bog‘liq transferga qaraganda ancha haqiqatga yaqin. Shu bilan birga, «Inter» himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham o‘rganayotgani ta’kidlanmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Sanches barcha musobaqalarda jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
30 yoshli futbolchining «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, kolumbiyalik himoyachining bozor qiymati 16 million yevroni tashkil qiladi.













