Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Ferran Torres o‘zining jismoniy holatini qanday ushlab turishi haqida gapirib berdi

Ferran Torres o‘zining jismoniy holatini qanday ushlab turishi haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -3

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Ferran Torres sog‘lig‘i va sport formasini saqlab qolish tamoyillari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sport dunyosi — nafaqat futbol — haqiqatan ham rivojlanib bormoqda. Jismoniy jihatdan tayyor bo‘lish kerak va men buni anglab yetganimdan beri barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishga va optimal formani saqlab qolishga harakat qilyapman, chunki bu juda muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri ovqatlanish va dam olish ham asosiy rolni o‘ynaydi; bular faoliyatni imkon qadar uzoqroq davom ettirish uchun zarur bo‘lgan fundamental elementlardir.

Odatda men kechki payt soat 19:30 yoki 20:00 atrofida kechki ovqatni tanovul qilaman, keyin esa ertasi kuni soat 14:00 gacha hech narsa yemayman. Men och qoringa mashg‘ulot o‘tkazaman va bu holatda o‘zimda ko‘proq quvvat his qilaman. Nonushta qilishga ehtiyojim yo‘q, ochlikni his qilmayman.

Hatto Pedriga ham bir nechta foydali maslahatlar berdim va to‘g‘risini aytsam, bundan faxrlanaman. Chunki boshida go‘yo boshim bilan devorga urilayotgandek edim, lekin baribir uni men foydali deb hisoblagan bir-ikkita amaliyotni sinab ko‘rishga ko‘ndira oldim. Men uni interval ochiqish bilan tanishtirdim — u nonushtani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Boshida unga qiyin bo‘ldi, lekin hozir buning uchun menga rahmat aytmoqda va kuch-quvvatga to‘layotganini ta’kidlayapti», — Torresning so‘zlarini Diario Sport nashri keltiradi.

Kiritildi: 17:09, 11.07.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик