Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Grinvud «Atletiko» va «Fenerbaxche» o‘rtasida tanlov chiqarmoqda

Grinvud «Atletiko» va «Fenerbaxche» o‘rtasida tanlov chiqarmoqda

Baho:
+ | -

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud yozgi transfer oynasida Fransiya klubini tark etadi, deb xabar bermoqda ESPN.

Forvardni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Fenerbaxche» va «Atletiko» klublari kurash olib bormoqda. Turkiya klubi Grinvud uchun bonuslardan tashqari 42 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, «matraschilar» 45 million yevro to‘lashga tayyor.

Grinvud ikkala klub bilan ham shartnoma shartlarini kelishib olgan, biroq hali yakuniy qarorga kelmadi. Xabar qilinishicha, Meyson «Xetafe»da o‘ynab yurgan vaqtlarida yashagan Madrid shahriga qaytishni istagani bois, ko‘proq «Atletiko»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Maosh masalasida esa «Fenerbaxche» Grinvudga soliqlardan tashqari yiliga 7-8 million yevro, «Atletiko» esa 5-6 million yevro taklif qilmoqda.

«Marsel» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida tuzilgan avvalgi shartnoma shartlariga ko‘ra, transfer summasining 35 foizi mankunianliklarga tegadi.

Yakunlangan Liga 1 mavsumida Grinvud 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:27, 11.07.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик